Taekvondo WT: jahon chempionatining ilk medali qo‘lga kiritildi

Taekvondo WT: jahon chempionatining ilk medali qo‘lga kiritildi

Ushbu vazn toifalarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ulug‘bek Rashitov shiddatli bahslar yakunida jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Madina Mirabzalova saralash musobaqalarida Eron, Marokash, Italiya terma jamoasi a’zolarini mag‘lub etib, chorak finalda braziliyalik Maria Pachekoga yo‘l berdi.

Bugun, 30-may kuni chempionatning ikkinchi kunida mamlakatimiz sportchilaridan Amirxon To‘rayev 58 kiloda, Ozoda Sobirjonova 67 kiloda hamda Saodatbegim Aliyeva 73 kilo og‘irlikda medallar uchun kurashga kirishadi.

Amirxon To‘rayev ilk bosqichda moldovalik Sergey Uskov bilan, Ozoda Sobirjonova eronlik Zeynab Ismoili va Saodatbegim Aliyeva germaniyalik Yanna Shnayderga qarshi dayanga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyulga qadar davom etadigan 26-jahon chempionatida yurtimizning 8 nafar erkak va 8 nafar ayol taekvondochilari qatnashmoqda.

T. Ro‘ziyev, O‘zA