Moskvada o‘tgan turnirda O'zbekiston faxriylari birinchi o‘rinni egalladi

Moskvada o‘tgan turnirda O'zbekiston faxriylari birinchi o‘rinni egalladi

O‘n yettinchi bor tashkil etilgan xalqaro turnirning jamoalar o‘rtasidagi musobaqa finalida hamyurtlarimiz Rossiya terma jamoasi bilan 1-o‘rin uchun kurashdi. Shiddatli o‘tgan bellashuvlarda vakillarimiz musobaqaning oltin medallarini va xalqaro turnir kubogini qo‘lga kiritdi.

Faxriy sportchilardan Bahrom Inoyatov, Timur Xudoyqulov, Umid Abdullayev, G‘iyosjon Boboyev, Rustam Saidov, Farrux Boboyev, Faxriddin Sharipov, Dilshod Choriyev, Hamid Otajonov terma jamoamizning umumiy g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA