Vetnamlik hamkorlar "Elbek TRJ" korxonasidan ipak mahsulotlarini sotib oladi

Vetnamlik hamkorlar "Elbek TRJ" korxonasidan ipak mahsulotlarini sotib oladi

Jumladan, ular Samarqand viloyatidagi Pastdarg‘om tumanida joylashgan pilla xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan "Elbek TRJ" korxonasi pillachilik klasteri faoliyatini o‘rgandi.

Mehmonlarga bir qancha mahalliy ipak mahsulotlari hamda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati, imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Vetnamliklar korxona ipak mahsulotlarining turlari va sifatiga qiziqish bildirdi hamda 5 million dollarlik ipak mahsulotlarini sotib olishga kelishib olindi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA