Ozarbayjonliklar O‘zbekiston bo‘ylab media-kontent tayyorlamoqda

Ozarbayjonliklar O‘zbekiston bo‘ylab media-kontent tayyorlamoqda

Loyihadan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizning madaniy jozibardorligi va turizm salohiyati bilan Ozarbayjon fuqarolarini ham yaqindan tanishtirish va shu orqali diyorimizga sayyohlar oqimini oshirish. Qolaversa, respublikamizning madaniyat va turizm sohasidagi imkoniyatlarini xorijiy OAV orqali keng targ‘ib qilish ham nazarda tutilgan.

Ozarbayjon Sayyohlik blogerlari uyushmasi 2020-yil faoliyat ko‘rsata boshlagan. Uyushmaga bugungi kunda turizm sohasida faoliyat yurituvchi keng auditoriyaga ega taniqli bloger, jurnalistlar, yirik media-kompaniyalar a’zo.

Press-tur ishtirokchilarining Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Urganch, Xiva, Buxoro shaharlariga, G‘ijduvon, Rishton kabi tarixiy maskanlarga sayohati rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek madaniy me’ros ob’ektlari haqida turkum foto jamlanma, video rolik, maqola va reportajlar hamda davomiyligi 130 daqiqagacha bo‘lgan hujjatli film tayyorlanadi.

Materiallar yil davomida Ozarbayjonning nufuzli OAV, jumladan, ““RealTV” va “AzTV”” telekanallari hamda Boku shahri kinoteatrlarida namoyish etiladi.

O‘zA