Belbog‘li kurash: Osiyo chempionati g‘oliblari aniqlandi

Belbog‘li kurash: Osiyo chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionatning ochilishi marosimida Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliyev barcha ishtirokchilarni qutlar ekan, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan sportga, xususan, milliy sport turlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bahslar qizg‘in sur’atda boshlandi va unda erkaklar hamda ayollar o‘z vazn toifasida gilamga tushdilar. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 10 million so‘m, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar 5 va 2,5 million so‘mdan pul mukofoti, diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Demak, chempionlar bilan tanishamiz:

Ayollar o‘rtasida

52 kg. vazn toifasida

1-o‘rin – Farangiz Abdunabiyeva (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Muxlisaxon Sotiboldiyeva (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Ganbat Saruulbiyan (Mo‘g‘iliston);
3-o‘rin – Botag‘oz Dosembayeva (Qozog‘iston).

58 kg. vazn toifasida

1-o‘rin – Manzuraoy Mo‘yiddinova (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Sepiden Babairokni (Eron);
3-o‘rin – Elzoda Mo‘minjonova (Qirg‘iziston);
3-o‘rin – Vekhonichu Gurhah (Hindiston).

66 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Maftunabonu Mahmudova (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Zemfira Azatova (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Sofiya Zoirova (Qirg‘iziston);
3-o‘rin – Kamila Pardayeva (Turkmaniston).

76 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Dilafro‘z Mamajonova (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Jemal Avlyakuleyeva (Turkmaniston);
3-o‘rin – Feruza Kurstanbek qizi (Qirg‘iziston);
3-o‘rin – Ullijon Davletova (O‘zbekiston).

+76 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Sahobat Sheraliyeva (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Nagira Sarbasheva (Qirg‘iziston);
3-o‘rin – Muxlisa Ikromova (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Laura Do‘stayeva (O‘zbekiston).

Erkaklar o‘rtasida

57 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Jamoliddin Ne’matullayev (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Xo‘jamurot Suvonov (Turkmaniston);
3-o‘rin – Orao‘ali Bayazatbek (Qirg‘iziston);
3-o‘rin – Alpomish Hamroqulov (O‘zbekiston).

62. kg vazn toifasi

1-o‘rin – Doniyor O‘rolov (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Abduqodir Avazbekov (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Muhammadali Zoirov (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Ali Xalili (O‘zbekiston).

68 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Oybek Sultonov (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Guvanch Hemrayev (Turkmaniston);
3-o‘rin – Banzragch Doridavga (Mo‘g‘iliston);
3-o‘rin – Asadbek Mamtaliyev (O‘zbekiston).

75 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Nusratbek Sultonboyev (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Xolmirza Hasanboyeva (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Bayastan Samat ulu (Qirg‘iziston).

82 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Husniddin Ro‘ziyev (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Qambarali Habibullayev (Qirg‘iziston);
3-o‘rin – Sanga Gambosuren (Mo‘g‘iliston);
3-o‘rin – Ilyos Ahmadov (O‘zbekiston).

90 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Jasurbek Isroilov (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Shohjahon Ortiqov (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Behruz Gulmahmadzoda (Tojikiston);
3-o‘rin – Ari Dvi Riyatna (Indoneziya).

100 kg. vazn toifasi

1-o‘rin – Nodirbek Ahatjonov (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Masyaku Amono (Yaponiya);
3-o‘rin – Ali Reza Pahlevzadeh (Eron);
3-o‘rin – Doston Podshoyev (Tojikiston).

+100 kg vazn toifasi

1-o‘rin – Baxtiyor Jumaboyev (O‘zbekiston);
2-o‘rin – Xislat Pirmatov (O‘zbekiston);
3-o‘rin – Abdusalom Salomov (Tojikiston);
3-o‘rin – Imangazi Kouliyev (Qirg‘iziston).

Bugun kunning ikkinchi yarmida “Qazaq kuresi” bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkaziladi.

O‘zA