Bokuda o‘tkazilgan XIII Xalqaro mug‘om festivalida o‘zbekistonliklar sovrindor bo‘ldi

Bokuda o‘tkazilgan XIII Xalqaro mug‘om festivalida o‘zbekistonliklar sovrindor bo‘ldi

Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Namangan viloyatining 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, Buxoro viloyatining maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Romitan tumanidagi 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining 16 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar o‘quvchisi qatnashdi.

Festival yakuniga ko‘ra, o‘nga yaqin davlatlar orasidan R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov birinchi o‘ringa munosib topildi.

Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Madina Karimjonova hamda R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Sardor Narzullayev ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.