Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Sammit kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat yetakchi kompaniya va bank institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalariga ko‘maklashish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur rahbarining taklifiga binoan joriy yilning yanvar oyida davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.
Ikrom Avvalboyev, O‘zA