“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hujjat imzolandi

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hujjat imzolandi

Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslarini uch tomonlama qo‘shma baholash ishlarini amalga oshirdi. Keyinchalik esa ekspertiza o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur hujjat ushbu loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini belgilab, qurilish loyihasini ishlab chiqish, investitsiyalar va moliyalashtirish modelini o‘rganish va aniqlashni o‘z ichiga oladi.

Loyihaning amalga oshirilishi Sharqiy Osiyodan yaqin Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlariga bo‘lgan yo‘lni taxminan 900 kilometrga yuk yetkazib berish muddatlarini esa 7-8 sutkaga kamaytiradi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, yuk tashish hajmi yiliga 12-15 million tonnani tashkil etadi.

Nigora Rahmonova, O‘zA