O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari dolzarb masalalarni muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari dolzarb masalalarni muhokama qildi

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12 may kuni Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishining samarali yakunlarini yuksak baholadilar.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikatsiya va boshqa tarmoqlarda ilgari surish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalda bajarish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.