U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlariga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlariga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

E’tiborlisi, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi qur’a natijasiga ko‘ra o‘rin oladigan guruh uchrashuvlari 4-12 sentyabr kunlari yurtimiz futbol maydonlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, “AFC U-23 Asian Cup Qatar 2024” o‘yinlarining guruh bosqichidagi saralash o‘yinlari Bahrayn, Xitoy, Indoneziya, Iordaniya, Janubiy Koreya, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Tailand, O‘zbekiston va Vetnam davlatlarida tashkil etilishi belgilangan.

Saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi joriy yil 25 may kuni Kuala Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi qarorgohida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

U-23 Osiyo kubogining final o‘yinlari 2024 yili Qatarda bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA