YeTTB anjumani doirasidagi yig‘ilishlar qizg‘in kechyapti

YeTTB anjumani doirasidagi yig‘ilishlar qizg‘in kechyapti

Ishtirokchilar, xorijiy tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, ekspert-mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa turli darajadagi mehmonlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan majmua hududida bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishlarda tadbirlar tashkil qilingan. Fuqarolik jamiyati dasturi bo‘yicha YeTTBning 2023-2028 yillarga mo‘ljallangan Fuqarolik jamiyatini jalb qilish bo‘yicha strategik yondashuv dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan sho‘’ba yig‘ilishi “Emerald” zalida bo‘lib o‘tyapti. YeTTB direktori o‘rinbosari, Xususiy sektor bilan hamkorlik va fuqarolik jamiyati bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Yelena Koval moderatorligida davom etayotgan ushbu tadbirda ayni damgacha “Nizolarni hal qilish orqali barqarorlik va huquqiy himoyaga erishish” mavzusi muhokama qilinyapti. Yig‘ilish avvalida Spikerlar – YeTTB Fuqarolik jamiyati bilan aloqalar bo‘yicha bosh menejeri Kristina Buzasu va uning yordamchisi Illiya Borovinski chiqish qildilar.

Ma’lumki, YeTTB Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda chiqindilarni boshqarish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida bir qator chora-tadbirlarni moliyalashtirib keladi. Mamlakatimizda keyingi yillarda aynan DXSH tizimi keng ommalashayotgan bir paytda, bu mavzu dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Masalan, YeTTB Loyihalar bo‘yicha mustaqil hisobdorlik mexanizmi (IPAM) asosida faoliyat ko‘rsatuvchi Muammoni hal qilish bo‘limi chiqindini boshqarish bo‘yicha DXSH loyihasi doirasida majburiy ravishda ko‘chirilgan Serbiyadagi Romi etnik guruhidagi 17 ta oila uchun uy-joy va daromad olishning muqobil yo‘llarini topish uchun manfaatli tomonlar orasida muloqot o‘tkazishga yordam berdi. “IPAM” boshqaruvchi direktori va bosh hisobchisi Viktoriya Markes-Miiz boshqarib borayotgan ushbu sessiyada ishtirokchilar duch kelingan muammolar, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha munozaraga kirishdilar. Muhokama jarayonida Mehnat va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha “Beo Čista Energija” kompaniyasi menejeri Boshko Maravich, Danilo Churchich – Spiker, “Iqtisodiy va ijtimoiy huquq A11 tashabbusi” dasturi muvofiqlashtiruvchisi Danilo Churchich, Yelena Cheperkovich – Spiker, YeTTBning Belgraddagi katta bankiri Yelena Cheperkovich va Nurjan Jumabayev – YeTTBning Atrof-muhit va barqaror rivojlanish departamenti katta ijtimoiy maslahatchisi Nurjan Jumaboyevlar qatnashdi.

O‘zA muxbirlari anjuman tafsilotlarini kuzatib borishyapti.

G‘ayrat Xonnazarov,

A’lo Abdullayev,

O‘zA