Germaniyaliklar Qoraqalpog‘istonda

Germaniyaliklar Qoraqalpog‘istonda

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir qatnashchilarining bir guruhi Orolbo‘yiga tashrif buyurdi. Mehmonlar Nukus shahridagi I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida bo‘ldi. Shuningdek, tashrif doirasida mehmonlar Orol dengizi va Ustyurt platosi, Mo‘ynoq tumanidagi bir qator turistik manzillar va diqqatga sazovor joylar, Xo‘jayli tumanidagi Mizdakxon qadimiy majmuasida bo‘lib, hududning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tashrif yakuni bo‘yicha delegatsiya a’zolari Toshkent shahrida Germaniya va O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi tadbirkorlari ishtirokida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA