Oxirgi daqiqa

Jang Cheng Feng: O‘zbekiston investor uchun eng qulay mamlakat

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar endi avvalgidek asosan markazlardagina emas, balki barcha hududlarni qamrab olmoqda. Mana bu siz ko‘rib turgan balki mamlakatimizdagi eng ulkan sement zavodi – Beshariq tumanida bunyod etilgan. “Farg‘ona–Yasin” brendi bilan ishlab chiqarilayotgan sement mahsuloti allaqachon ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rnini topdi. Albatta, uning iqtisodiy samarasi ham salmoqli. Qolaversa, birgina shu korxonada beshariqlik yoshlar uchun 700 ta ishchi o‘rni yaratilgan. Xitoy va O‘zbekiston tadbirkorlari hamkorligida erishilayotgan yutuqlarning asosli sabablari bor albatta.

–Biz nega hech ikkilanmay Beshariqda mazkur korxona qurilishiga 200 mln. dollar investitsiya kiritdik? Chunki O‘zbekitsonda xorijiy investor uchun qulay huquqiy asoslar yaratilgan, – deydi korxona direktori o‘rinbosari Jang Cheng Feng. –Shuning uchun biz biznesimizni yanada kengaytirishni rejalashtirdik.

–So‘nggi yillarda O‘zbekistonda juda katta islohotlar davom etmoqda. Albatta bularning tashabbuskori hurmatli prezidentimizdir, – deydi “Farg‘ona–Yasin qurilish mollari” qo‘shma korxonasi rahbari Erkinjon Maxmudov. – 2020 yilda korxonamiz foydalanishga topshirildi. Bugunga kelib, 2 mln tonna sifatli sement ishlab chiqaryapmiz. Agar milliy valyutamiz konvertatsiya qilinmaganida bu kabi qiymati 200 mln. dollarlik loyihalar amalga oshmagan bo‘lardi.

Bunday ta’kidni har bir tadbirkordan eshitish mumkin. Darhaqiqat, Yangi O‘zbekistonning yuksalish poydevoriga qo‘yilgan tamal toshlaridan biri – so‘mning erkin almashinuvi edi. Beshariqdagi mazkur ishlab chiqarish majmuasi ham ana shu tarixiy islohot mevasidir. Bugun uning mahsulotlari mamlakatning barcha hududlariga yetib bordi.

–Avvalo mahsulotlarni ichki bozorga yo‘naltirdik. Chunki O‘zbekiston qurilish mamlakatiga aylandi. Bu yutuqlarning barchasi albatta Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar natijasidir, – deydi Erkinjon Maxmudov.

Agar dastlabki paytda korxonada 200 dan ziyod xitoylik mutaxassislar ishlagan bo‘lsa, bugun ularning aksariyati o‘rnini mahalliy yoshlar egallagan va zamonaviy texnologik liniyalarni boshqarmoqda. Ayni kunlarda zavodda O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligini nishonlashga hozirlik ko‘rmoqdalar.

–Men bu yerda ishlayotgan xitoylik mutaxassislar nomidan O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 33 yillik bayrami bilan tabriklayman, – dedi Jang Cheng Feng.