G‘ozg‘on shahar hokimi Azim Bozorov Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvchi “Stoun Market” kompaniyasining direktori Andrey Kapustin boshchiligidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Hokimlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda G‘ozg‘on shahrining marmar va granit konlari va ularning zaxiralari, korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan pardozbop tosh mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Uchrashuv davomida Andrey Kapustin tomonidan G‘ozg‘on shahrida ishlab chiqarilgan pardozbop tosh mahsulotlarini Rossiya davlati bozorlarida sotish taklifi bildirildi. Shuningdek, kompaniya vakili bilan 12 million AQSH dollari miqdoridagi pardozbop tosh mahsulotlarini Rossiya davlatiga eksport qilishga kelishildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA