Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya: siyosiy muloqot yanada faollashtiriladi

Oliy Majlis Senatiga Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart tashrif buyurdi.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, siyosiy muloqotni yanada faollashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tomonlar “Markaziy Osiyo - Buyuk Britaniya” muloqoti kabi formatlar muhim xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha pozitsiyalarni yaqinlashtirishda samarali platforma bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston - Buyuk Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitish hamda parlamentlararo muloqotni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

N.Abduraimova, O‘zA