Birlashgan Arab Amirliklarining “WAM” axborot agentligi va boshqa qator yetakchi nashrlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga kelganini keng yoritdi.
Xabar va maqolalarda Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgani, Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgani, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilgani, tashrif dasturiga muvofiq, bugun – 14 yanvar kuni mamlakatimiz yetakchisi “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitida ishtirok etishi ta’kidlangan.
M.Pirmatova, O‘zA