Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi

Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahridagi sammiti doirasida tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining muzokaralari kun tartibidan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shu bilan birga, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Prezident Vladimir Putin SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi tadbirlarida qatnashadi.



O‘zA