Tojikiston Prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi

Tojikiston Prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 15 sentyabr kuni Samarqand shahriga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Sammitda Tojikiston delegatsiyasi SHHTga a’zo boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqaviy xavfsizlik kabi mavzulardagi muhokamalarda qatnashadi.



O‘zA