Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Samarqandga keldi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Samarqandga keldi

14-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 15-sentyabr kuniga moʻljallangan. Shu kuni oliy darajadagi Oʻzbekiston-Xitoy muzokaralari boʻlib oʻtadi.

Avval xabar qilinganidek, Xitoy Raisi 16-sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.