O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Bugun, erta tongda Termizdan yo‘lga chiqqan 63 vagonga afg‘onistonliklar uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak hamda ko‘mir yoqilg‘isi yuklangan. Mazkur yuklar qo‘shni mamlakat Balx viloyati shimolidagi Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga yetkazib beriladi.

Yuk poyezdining 23 vagoniga 1000 tonna un, 60 tonna shakar, 200 tonna guruch, 10 ming dona yog‘, 26 ming 500 dona murabbo, 26 ming 200 dona sabzavot konservasi, 30 tonna pishiriq, 14 ming 200 dona bir martalik tayyor ovqat (doshirak), 20 ming dona ayollar va erkaklar kiyimi, 15 ming dona erkaklar, ayollar va bolalar paypog‘i joylangan. Shuningdek, 40 vagonga ko‘mir yoqilg‘isi yuklangan.

Insonparvarlik yordami bugun afg‘on rasmiylariga topshiriladi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,
O‘zA