Hindiston va O`zbekiston tashqi ishlar vazirlari o`zaro muzokaralar o`tkazdi

Hindiston va O`zbekiston tashqi ishlar vazirlari o`zaro muzokaralar o`tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Dehli shahrida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokara o‘tkazdi.

Ikki davlat tashqi ishlar idoralari rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning ustuvor jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Hindiston rahbarlarining muntazamlik kasb etgan muloqoti ikki tomonlama munosabatga yangi sur’at bag‘ishlagani mamnuniyat bilan qayd qilindi.

Vazirlar turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvalini ko‘rib chiqdilar. Xususan, 2022 yil Dehli shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuv o‘tkazish taklif etildi.

BMT, SHHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida konstruktiv muloqot mavjudligi e’tirof etildi.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, jumladan, mamlakatga insonparvarlik yordami ko‘rsatish masalasi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati