Turkiy davlatlar travmatolog va ortopedlari ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda

Turkiy davlatlar travmatolog va ortopedlari ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan turkiy davlatlar travmatolog va ortopedlari ilmiy-amaliy konferensiyasiga mezbonlik qilmoqda.

Konferensiyada Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa turkiy davlatlardan tashrif buyurgan travmatolog-ortopedlar ishtirok etmoqda.

O‘zaro tajriba almashish, soha yangiliklaridan xabardorlik darajasini oshirish, muammolarga birgalikda yechim topish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu konferensiya doirasida Turkiya va mahalliy travmatolog-ortopedlar hamkorligida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Konferensiya ishi ertaga ham davom etadi.

M.Qosimova, O‘zA