O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligi muhokama qilindi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligi muhokama qilindi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi.

Ikki davlat tashqi ishlar idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining kelishuvlarini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlarga alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bundan tashqari, joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar doirasida belgilangan qo‘shma reja va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Sammit uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Kutilayotgan tadbirlar avval erishilgan kelishuvlarni mustahkamlashi hamda O‘zbekiston-Qirg‘iziston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tomonlar ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik va muvofiqlashtirishni kuchaytirish muhimligini alohida qayd etishdi.

O‘zA