O‘zbekiston – Tojikiston: strategik sheriklik va ittifoqchilikning yangi ufqlari

O‘zbekiston – Tojikiston: strategik sheriklik va ittifoqchilikning yangi ufqlari

Kecha Dushanbeda «O‘zbekiston va Tojikiston: strategik sheriklik va ittifoqchilikning yangi ufqlari» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi, deb xabar berdi “Xovar” axborot agentligi.

Mazkur yig‘in Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi hamda O‘zbekistondagi Markaziy Osiyo Xalqaro instituti tomonidan tashkil etildi.

Tadbir munosabati bilan Dushanbeda Strategik tadqiqotlar markazi direktori Xayriddin Usmonzoda bilan O‘zbekistondagi Markaziy Osiyo Xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Tojikiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tobora kengayib, mustahkamlanib borayotgani qayd etildi,– deyiladi mazkur agentlik tarqatgan xabarda.