O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Xivadagi yirik gilam korxonasi bilan tanishdilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Xivadagi yirik gilam korxonasi bilan tanishdilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev “Xiva gilamlari” kombinatiga tashrif buyurdilar.

2020-yilda tashkil etilgan qiymati 24 million dollarlik ushbu korxona yiliga 4,2 million kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Mahsulotlar AQSH, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Kombinatda Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. 750 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumi bilan tanishdilar, kombinat hududida tashkil etilgan «Made in Uzbekistan» brendi ostidagi mahsulotlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdilar.

Mas’ul vazirlik va idoralarga o‘zaro tajriba almashish, kooperatsiya va savdoni rivojlantirishga ko‘rsatma berildi.