O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH Vakillar palatasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH Vakillar palatasi a’zolari bilan uchrashdi

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Baxtiyor Saidov AQSH Vakillar palatasi a’zolari – Mayk Rojers, Adam Smit, Salud Karbaxal va Veronika Eskobar bilan uchrashgan.

Muloqot davomida O‘zbekiston – AQSH strategik sherikligida yangi imkoniyatlar ochilayotgani qayd etilgan.

O‘zbekiston tomoni amerikalik hamkorlarning parlamentlararo do‘stlik rishtasini rag‘batlantirish, biznes aloqasini rivojlantirishdan, ta’lim sohasidagi sheriklik ko‘lamini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatini qadrlaydi.

Mamlakatimiz AQSHning barcha shtatlari bilan, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani chuqurlashtirishdan manfaatdor.