MDH missiyasiga Ilhom Ne’matov boshchilik qiladi

MDH missiyasiga Ilhom Ne’matov boshchilik qiladi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar doimiy vakolatli vakillari kengashi qarori bilan Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida MDH kuzatuvchilar missiyasiga Ilhom Ne’matov boshchilik qiladigan bo‘ldi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovi 2024-yil 15-17-mart kunlari o‘tkazilishi belgilangan. MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, Rossiya tomoni taklifiga ko‘ra, kuzatuvchilar missiyasi saylov kampaniyasini mamlakat qonunchiligiga tayangan holda, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarda demokratik saylov standarti, huquqi va erkinligi to‘g‘risidagi Konvensiya, Prezident va parlament saylovi, shuningdek referendumda MDH kuzatuvchilar missiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq kuzatib boradi. Bunda missiya faoliyati ochiqlik, xolislik hamda saylov jarayoni va davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga asoslanadi.

– Missiyaning bahosi faqat shaxsiy kuzatuv hamda boshqa manfaatdor davlat organlari taqdim etgan rasmiy ma’lumot va dalillarga asoslanadi, – dedi Ilhom Ne’matov jurnalistlarga bergan intervyusida.

Aziza Alimova tayyorladi.

O‘zA