Hamkorlarimiz sahifalarida

Hamkorlarimiz sahifalarida

Gvatemaladagi yer osti o‘tish yo‘li turk adabiyotining buyuk namoyandasi, so‘fiy shoir Yunus Emre mavzusidagi koshinlar bilan bezatildi, deb xabar beradi , “Anadolu” axborot agentligi.

Shoir (taxminan 1240-1321 yy) Ahmad Yassaviy va Sulton Valad kabi o‘z she’riyatida an’anaviy arab yoki fors tilidan emas, turkiy tildan foydalangan bo‘lib, uning “Sevaylik va sevilaylik” satri asrlar osha muxlislar qalbidan joy olgan.

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA), Gvatemala elchixonasi va Gvatemala shahar munitsipaliteti bilan hamkorlikda yer osti o‘tish yo‘li shoir Yunus Emre va Istanbul manzaralari bilan bezatildi.

Shaharning eng gavjum joylaridan birida joylashgan Kuchilya-San Antonia yer osti dovoni loyiha uchun ajratilgan bo‘lib, bezash ishlari tajribali muhandislar tomonidan amalga oshirildi.

Yer osti o‘tish yo‘li devorida shoirning “Jang uchun kelmadim, ishq uchun keldim. Do‘stimizning uyi bizning quvonchimiz, yaratgani keldim” satrlari o‘ymakor naqshlar bilan to‘ldirildi.



Muharrama Pirmatova tayyorladi, O‘zA