Qohira shahrida Islom olamining ulamolari ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tadi 

Qohira shahrida Islom olamining ulamolari ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tadi 

Butun Islom olamining yirik ulamo va soha mutaxassislari ishtirokida Misrning Qohira shahrida anjuman bo‘lib o‘tadi.

Ushbu anjumanda Misr Arab Respublikasi muftiysi, professor Shavqiy Allom, «Al-Azhar» ulamolari kengashi a’zosi, doktor Shayx Ali Juma kabi yirik Islom ulamolari, qolaversa, Bolgariya, Nigeriya, Indoneziya, Belgiya, Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Livan, Singapur, Chad, Tanzaniya, Qamar orollari Respublikasi, Qozog‘iston kabi davlatlardan muftiylar, islomshunos olimlar, ekspert va soha xodimlari ishtirok etadi.

Bugun, 6 iyun kuni erta tongda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari boshchiligidagi delegatsiya xalqaro konferensiyada qatnashish uchun Qohira shahriga yetib bordi.

Qohira xalqaro aeroportida Muftiy hazratlarini O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansur Qilichev, Misr Arab Respublikasi muftiysi vakillari va boshqa mutasaddilar kutib olishdi.

Ertaga, 7 iyundan boshlab, uch kun davom etadigan nufuzli tadbirda musulmon mamlakatlarida dolzarb bo‘lib turgan masalalarni taniqli ulamolar, 20 dan ziyod davlatlar muftiylari, din va davlat arboblari muhokama qilishadi.

Xalqaro konferensiyada Muftiy hazratlari ishtirok etib, nutq qiladilar va bir qator islom ulamolari bilan muloqotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.



Nasiba Elibekova