«Turk oshxonasi haftaligi» xalqning boy madaniy merosi yig‘indini namoyish etdi

«Turk oshxonasi haftaligi» xalqning boy madaniy merosi yig‘indini namoyish etdi

Turkiya taomlari o‘zigagina xos lazzati bilan dunyoga ma’lum.

Anado‘lining minglab yillik boy tarixi davomida shakllangan turk taomlari o‘z davrida Saljuqiylar va Usmoniylar saroylarida son-sanoqsiz tamaddun bilan ta’sirlanib shakllangan. Bu esa xalqning boy madaniy yig‘indini bugungi kungacha yetkazib kelmoqda.

21 maydan 27 maygacha butun dunyodagi Turkiya elchixonalari va yurtimizda «Turk oshxonasi haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Kuni kecha haftalik doirasida uyushtirilgan taomlar namoyishida turk dasturxonining ko‘rki munosib targ‘ib etildi. Unda ishtirok etgan elchixona vakillari va yurtimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari turk oshxonasi madaniyatidan bahra oldi. Darhaqiqat, turk xalqi taom bilan sog‘liqni bevosita aloqador deb biladi hamda zaytun yog‘ida tayyorlangan taomlarni dasturxondan kanda qilmaydi.

Turkiyaning barokatli mintaqasi va iqlimi turfa-xilligi taqdim etadigan boy flora va fauna turk oshxonasining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Turk taomlari boy tabiatning mahsuli bo‘lmish anvoyi xil sabzavot va mevalardan tayyorlanadi.

Vegetarian va vegancha ovqatlanadiganlarga cheksiz tanlov taqdim etadigan, tuzlama va sirkalari bilan shifobaxsh bo‘lmish turk oshxonasi bir vaqtning o‘zida barcha yeyish-ichish trendlariga javob bera oladi.

Xususan, turk xalqi to‘y-marosimlarida va bayramlarida tortadigan «To‘y sho‘rvasi», «Gazak humus», «Cho‘pon salati», «Tandir qo‘zi» kabi taomlar did va va nazokat bilan tayyorlanadiki, har bir insonning ko‘nglidan joy topa oladi.

Sultonlar saroyi dasturxonining eng bebaho tortiqlaridan bo‘lgan «Ip kadayif» shirinligi, sariyog‘da pishirilgan guruch qaynatmasi, zaytun yog‘li barra loviya kabilar turk xalqida mehmonlarni kutib, ko‘nglini olishda hamisha asqatgan.

Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasida tashkillashtirilgan «Turk oshxonasi haftaligi» turk taomlari haqida yana bir bor tasavvur hosil qilish uchun muhim manba bo‘ldi.

O‘zA