Buxoroda bir vaqtning o‘zida 11 ming sayyohni qabul qilish imkoniyati mavjud

Buxoroda bir vaqtning o‘zida 11 ming sayyohni qabul qilish imkoniyati mavjud

Berilgan imtiyozlardan oqilona foydalangan buxorolik tadbirkorlar tomonidan joylashtirish vositalari tashkil etilishi evaziga bugungi kunda viloyatda jami joylashtirish vositalari soni 427 taga (xona soni 4699 ta, o‘rin soni 10795 ta) yetdi.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida 2022 yilning 1-choragidayoq 7 ta oilaviy mehmon uyi va 4 ta xostel o‘z faoliyatini boshladi.

Boshqarma tomonidan mehmon uylari va xostellar egalariga «Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan ko‘chirma»lar berildi.


O‘zA