O‘zbekiston va Italiya ot sporti federatsiyalari o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Italiya ot sporti federatsiyalari o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan Italiya ot sporti federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev, Italiya ot sporti federatsiyasi prezidenti Marko Di Paolo, mamlakatimizning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov boshchiligidagi elchixona vakillari ishtirok etdi.

O‘zaro hamkorlik avvalida Italiya tomoni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va bosh kotib Nodirbek Ibragimovdan iborat mamlakatimiz delegatsiyasini 2022 yilning 25-29 may kunlari Siyena shahrida bo‘lib o‘tadigan ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha musobaqada faxriy mehmon sifatida ishtirok etishga taklif etildi. Shuningdek, hamyurtlarimiz 2022 yil 15-25 sentyabr kunlari Pratoni del Vivaro shahrida bo‘lib o‘tadigan ot sportining uchkurash yo‘nalishi hamda arava poygalari bo‘yicha jahon chempionatiga ham chaqiruv olishdi.

O‘zbekiston tomoni Italiya ot sporti federatsiyasi prezidenti Marko Di Paolo, bosh kotib Simone Perillo hamda konkur bo‘yicha Italiya terma jamoasi sportchilarini ushbu oyda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan musobaqada qatnashishga taklif qilishdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston sportchilari o‘z otlari bilan birga Italiyaning Pratoni Eventing-Raniyeri ot sporti markazida mashg‘ulotlar o‘tkazishi va u yerda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, tomonlar Italiya va O‘zbekistonning yirik ot zavodlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishga ham kelishib oldilar.



O‘zA