Bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi

Bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi

Xitoy Xalq Respublikasining Xuanshan shahri bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarining 3-Vazirlar konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov chet ellik hamkasblari bilan qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xusayn Amir Abdullahiyon va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar davomida tomonlar olib borilayotgan sa’y-harakatlarning hozirgi holatini muhokama qildilar hamda ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish borasida navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar.



O‘zA