Fevral oyida O‘zbekistonda biznes muhiti o‘sdi

Fevral oyida O‘zbekistonda biznes muhiti o‘sdi

O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhiti indeksi Germaniya iqtisodiy faolligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan IFO instituti («IFO Institut») ishbilarmonlik muhiti indeksining nemis analogi metodologiyasi bo‘yicha joriy etildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) mamlakat bo‘ylab korxonalar o‘rtasida navbatdagi so‘rovnomani o‘tkazdi.

Markaz mutaxassislari bergan xabarga ko‘ra, so‘rovda mingdan ortiq kompaniya ikki yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etdi. Birinchi yo‘nalish biznesning joriy holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning kelajakdagi rejalari. Ikkinchisi esa kelgusi uch oy davomida o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollari yo‘nalishida bo‘ldi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 43 foizi o‘z biznesining hozirgi holatini yaxshi, deb baholagan. Bundan tashqari oxirgi 3 oyda tadbirkorlik holati qanday o‘zgardi, degan savolga tadbirkorlarning 29 foizi yaxshilandi, 53 foizi o‘zgarmadi, 18 foizi esa yomonlashdi, deb javob bergan.

Korxonalarning 39 foizida tovarlar va xizmatlarga talab yaxshilandi, 22 foizida esa xodimlar soni oshdi, deb ma’lumot bergan.

Shuningdek, tadbirkorlarning 80 foizi biznes istiqbollari yaxshilanishini taxmin qilishgan. Korxonalarning 73 foizida tovar va xizmatlarga talab yaxshilanishi, ishchilar soni 68 foizga oshishi kutilmoqda.

Umuman olganda, hozirgi holat va kutilgan qiymatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik, tadbirkorlik sub’ektlarining fikriga ko‘ra, iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiya kelgusi 3 oyda ham davom etishini anglatadi.

Barcha respondentlarning 47 foizi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidlagan.

So‘rovda tadbirkorlar tomonidan moliyalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish imkoniyati, soliq stavkalari, narxlarning yuqoriligi va xomashyo yetishmasligi, talabning pastligi, soliq ma’muriyatchiligi, elektr energiyasi va boshqalar asosiy masalalar muammolar sifatida keltirib o‘tilgan.



Go‘zal Sattorova, O‘zA