O‘zbekistonlik kriketchilar Pokistonda

O‘zbekistonlik kriketchilar Pokistonda

Joriy yilning 27 fevraldan 5 martgacha Islomoboddagi “Pindi” stadionida O‘zbekiston va Pokiston davlatlari o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi.

Unda poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan “Anfa” kriket klubining o‘smirlar va kattalardan iborat jamoasi ishtirok etadi.

Ayni kunlarda O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyev rahbarligidagi sportchilar jamoasi Islomobod shahriga yetib borib, o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘rtoqlik o‘yinlari doirasida Pokiston kriket jamoalari hamkorligida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etiladi.



Ilhom Rahmonov, O‘zA