Toshkentda fransuz boksi bo‘yicha chempionat o‘tkazildi

Toshkentda fransuz boksi bo‘yicha chempionat o‘tkazildi

Poytaxtimizdagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi majmuasida fransuz boksi – savat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati tashkil etildi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar terma jamoalari ishtirok etdi.

Shuningdek, turnirda 11 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Andijon viloyati, 2-o‘rinni Toshkent shahri hamda 3-o‘rinni Sirdaryo viloyati sportchilari qo‘lga kiritishdi.



O‘zA