Fransiya telekanalida O‘zbekiston to‘g‘risida ko‘rsatuvlar efirga qo‘yila boshlandi

Fransiya telekanalida O‘zbekiston to‘g‘risida ko‘rsatuvlar efirga qo‘yila boshlandi

CentralAsia. O‘zbekistonning Belgiyadagi eschixonasi vakillari Eccholine media kompaniyasining loyiha rahbari Kevin Keniger bilan uchrashishdi. Uchrashuvda mamlakatimizning sayyohlik salohiyati haqidagi hujjatli filmni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi va media kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan loyihani amalga oshiirish masalalari muhokama qilindi. Hujjatli film Yevropa va boshqa mamlaktlarning xalqaro va mahalliy OAV da namoyish etiladi.

O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuvlar dasturi to‘rtta qismdan iborat. Suratga olish ishlari Namangan, Qo‘qon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Nukusda olib borildi. Loyiha rahbari Kevin Kenigerning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 10 fevralidan boshlab haftaning har payshanba kuni soat 21.00 da Fransiyaning M6 telekanalida O‘zbekiston haqida ko‘rsatuv efirga uzatiladi. Bu ko‘rsatuvlar Belgiyaning «Club RTL» telekanalida haftaning har payshanba kuni soat 20.05 da efirga uzatiladi.

Ijodiy jamoashu kungacha dunyoning ellikdan ortiq mamlakatlari haqida ko‘rsatuv tayyorlagan. Eccholine media kompaniyasining ma’lum qilishicha, kompaniya o‘nlab Yevropa telekanallari hamda TV5Monde, M6, RTL, Net5, Tvn, Ntvnorge, 2M Maroc, Quatr, Antena3, Rai 2, TV5Quebec Canada kabi fransuz tilidagi telekanallar uchun xalqaro sayyohlik haqida videosyujetlar tayyorlagan.

I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA