O‘zbekiston dzyudochilari Isroilga yo‘l oldi

O‘zbekiston dzyudochilari Isroilga yo‘l oldi

Bugun, 15 fevral kuni 9 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Isroil davlatining Tel-Aviv shahrida o‘tadigan “Katta Dubulg‘a” turnirida qatnashish uchun jo‘nab ketdi.

Joriy yilning 17-19 fevral kunlari Xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvim rejasiga ko‘ra tashkil etilayotgan xalqaro musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 154 ming AQSH dollarni tashkil etmoqda.

Unda 34 ta mamlakatning 306 nafar sportchisi ishtirok etishi kutilmoqda.



O‘zA