Turkiyada hamyurtimiz sovrindor bo‘ldi

Turkiyada hamyurtimiz sovrindor bo‘ldi

Turkiyada yakunlangan ayollar o‘rtasidagi “Grand Prix Velo Manavgat” musobaqasida hamyurtimiz Sofiya Karimova 3-o‘rinni egalladi.

U 99,6 km masofa bo‘yicha o‘tkazilgan poygada 58 nafar velosportchi orasida marrani sovrindorlar safida kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mazkur bahslarda ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Nafosat Koziyeva 14-pog‘onani, Madina Qahhorova 26, Shahnoza Abdullayeva 29, Anna Kuskova 32, Yelena Zayseva 36, Anna Kulikova 39, Irina Brezina 40 hamda Margarita Misyurina 45-o‘rinlarni egallashdi.



O‘zA