2021-yilda O‘zbekistonga qancha sement import qilgan?

2021-yilda O‘zbekistonga qancha sement import qilgan?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda xorijdan O‘zbekistonga qiymati 128,3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,7 million tonna sement import qilingan. Bu ko‘rsatkich 2020-yil bilan solishtirilganda 206 ming tonnaga ko‘p.

Jumladan, 2021-yilda O‘zbekistonga Qozog‘istondan 1,1 mln. tonna, Tojikistondan 816 ming tonna, Qirg‘iz Respublikasidan 671 ming tonna, Erondan 58,1 ming tonna, Turkmanistondan 36,3 ming tonna, Rossiyadan 502 tonna sement import qilgan.



O‘zA