O‘zbek sportchilari ilk marotaba ishtirok etgan musobaqada ham sovrinli o‘rinni egalladi

O‘zbek sportchilari ilk marotaba ishtirok etgan musobaqada ham sovrinli o‘rinni egalladi

Bangladeshning Dakka shahrida fransuz boksi Savat bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida III Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada ilk marotaba ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi. Vakillarimiz Asso va Komba yo‘nalishlarida o‘tgan bahslarda 3 tadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Hamyurlarimizning g‘alabasida mahoratli sportchilar Avazbek Sobirov, Xojiakbar Bektanov va Jahongir Rashidovning munosib hissasi bo‘ldi.

Musobaqa yakunida o‘tkazilgan Osiyo savat konfederatsiyasining yig‘ilishida O‘zbekiston fransuz boksi Savat assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Xodjayev ushbu tashkilotga bosh kotib lavozimiga saylandi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati.



O‘zA