Gid-boshlovchilar va Xiva tarixi bilan qiziquvchilar uchun yangi kitob nashr etildi

Gid-boshlovchilar va Xiva tarixi bilan qiziquvchilar uchun yangi kitob nashr etildi

Ertakmonand Xiva shahri qanchadan-qancha xorijlik mehmonlarni o‘ziga maftun etgani bor gap. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm Ma’mun akademiyasi tomonidan "Xiva tarixidan lavhalar" kitob-albomi o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.

Ushbu kitob-albomda Xiva shahrining vujudga kelishi, ijtimoiy hayoti, aholining etnik tarkibi, dehqonchilik, hunarmandchilik, xivaliklar madaniyati va san’atiga oid qimmatli ma’lumotlar qo‘lyozma asarlar, arxiv ma’lumotlari, elchi va sayyohlarning esdalik va xotiralari, nodir manbalar ma’lumotlari asosida yoritilgan.

Kitob-albom mahalliy va xorijiy sayyohlar, oliy o‘quv yurtlarining talabalari, gid-boshlovchilar hamda yurtimiz tarixi bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Mazkur kitob-albomning afzalligi shundaki, Xiva shahrining vujudga kelishi, ijtimoiy hayoti va aholining etnik tarkibi, boshqa turli ma’lumotlar yangi va noyob manba hamda adabiyotlar asosida yoritilgan.

Shuningdek, kitobda mavzuga doir ko‘plab suratlarning mavjudligi har qanday kitobxonni o‘ziga jalb eta oladi.

O‘zA