Qozog‘iston poytaxtidan xalqaro aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yildi

Qozog‘iston poytaxtidan xalqaro aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yildi

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultondan xalqaro aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yildi, biroq Lufthansa va Tukrish Airlines aviakompaniyalari hozircha parvozlarni rejalashtirmayapti, deyiladi Respublika sanoat va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligining fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

"11 yanvardan boshlab Nur-Sultondan 27 ta xalqaro reys amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu reyslar Moskva, Minsk, Dubay, Varshava, Frankfurt, Toshkent, Pxuket, Novosibirsk, Kolombo, Antaliya, Kutaisi shaharlari bilan amalga oshiriladi. Nur-Sulton shahridan xalqaro aviaqatnovlar to‘liq tiklandi, faqat Lufthansa i Tukrish Airlines aviakompaniyalari reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmayapti", - deyiladi xabarda.

Matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat ichida 35 ta reys amalga oshiriladi, 20 ta parvoz bekor qilingan.