Pekinda o‘tadigan qishki olimpiadada bir nafar O‘zbekiston sportchisi qatnashadi

Pekinda o‘tadigan qishki olimpiadada bir nafar O‘zbekiston sportchisi qatnashadi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 4-20 fevral kunlari Xitoy poytaxti Pekinda XXIV qishki olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Unda mamlakatimizning bir nafar sportchisi – tog‘ chang‘isi bo‘yicha Komiljon To‘xtayev ishtirok etadi.

O‘zbekiston tog‘ chang‘isi federatsiyasi vakillarining bildirishicha, hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev ayni kunlarda Italiyadagi “Kronplatz Racing Center” majmuasida murabbiyi Mattia Ganessi bilan Pekin olimpiadasiga hozirlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli sport anjumanida 100 ga yaqin davlatdan 4 ming nafardan ziyod sportchilar qishki olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan 7 ta sport turining 15 ta yo‘nalishidagi 109 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.



To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA