O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi AQSHda jang o‘tkazadi

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi AQSHda jang o‘tkazadi

O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, aralash yakkakurashlar bo‘yicha yuksak natijalarga erishib kelayotgan hamyurtimiz Anvar Boynazarov uzoq tanaffusdan so‘ng yana katta sport maydoniga qaytadigan bo‘ldi.

Joriy yilning 14 yanvar kuni AQSHning Texas shtati Dallas shahrida o‘tkaziladigan LFA 121 turnirida iste’dodli sportchimiz Anvar Boynazarov amerikalik Jon Famga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Aytish lozimki, o‘zbekistonlik sportchiga raqiblik qiladigan 28 yoshli Jon Fam faoliyati mobaynida 4 g‘alabaga erishgan bo‘lsa, ikki bor mag‘lubiyatga uchragan. 33 yoshli hamyurtimiz esa ikki marta oktagonda rasmiy musobaqada qatnashib, har ikkalasida ham g‘alabaga erishgan.

2021 yilning mart oyida AQSHning Florida shtatida o‘tgan “Combat Night” turnirida Anvar Boynazarov amerikalik Rob Fullerni muddatidan avval nokaut evaziga yenggandi.



To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA