Global ochlik indeksida Oʻzbekiston 21-oʻrinni egalladi

Global ochlik indeksida Oʻzbekiston 21-oʻrinni egalladi

Birlashlar millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi agentligi (FAO) tomonidan 2021-yil uchun Global ochlik indeksida (Global Hunger Index) eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi.

Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Chili davlatlari reytingda eng yuqori pogʻonada boʻlsa, eng kichik koʻrsatkichlar Somali, Suriya va Janubiy Sudan mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Joriy yilda Global ochlik indeksda 116 ta mamlakat ishtirok etdi. Mazkur indeksda Oʻzbekiston eng yaxshi deb topilgan.

Mamlakatimiz 9 pogʻona yaxshilanib, 49 ta mamlakat orasida 5,9 ball bilan 21-oʻrinni egalladi. Maʼlumot Global ochlik indeksi rasmiy saytida (globalhungerindex.org/ranking.html) taqdim etilgan.

MDH davlatlari quyidagi oʻrinlarda:

1. Belarus — 1;

2. Oʻzbekiston — 21;

3. Rossiya — 25;

4. Gruziya — 27;

5. Qozogʻiston — 28;

6. Ukraina — 29;

7. Armaniston — 32;

8. Ozarbayjon — 33;

9. Qirgʻiziston — 40;

10. Turkmaniston — 48.

Bu indeks har bir mamlakat uchun toʻrtta koʻrsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:

- toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;

- besh yoshgacha boʻlgan vazni meʼyordan past bolalar ulushi;

- besh yoshgacha boʻlgan boʻyi meʼyordan past bolalar ulushi;

- besh yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻlim darajasi.

Oʻtgan yili Oʻzbekiston ushbu reytingda 6,7 ball bilan 30-oʻrinda koʻrsatilgan edi.

O.Pirmonov, Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimi