O‘zbek rejissyori xalqaro festivalda ikkita mukofotni qo‘lga kiritidi

O‘zbek rejissyori xalqaro festivalda ikkita mukofotni qo‘lga kiritidi

O‘zbekistonlik yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yo‘lida” filmi “Moskva premerasi” Hamdo‘stlik mamlakatlari filmlari xalqaro festivalining ikkita sovriniga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.

“Ipak yo‘lida” qisqa metrajli filmi Rossiya kinoklublari federatsiyasi hakamlar hay’ati tomonidan tanlovning “Konseptual nigoh uchun” maxsus mukofotiga va eng yaxshi qisqa metrajli film uchun topshiriladigan “Nozik did bilan bayon etilgan hikoya uchun” mukofotiga loyiq topildi.

Eslatib o‘tamiz, yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yo‘lida” filmi qayta tiklangan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan “Kino 5 kunda” tanlovida Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgan.

D.Mamatova,
O‘zA