Oʻzbekistonlik taekvondo ustalari jahonda III oʻrinni egalladi

Oʻzbekistonlik taekvondo ustalari jahonda III oʻrinni egalladi

Joriy yilning13-20-dekabr kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida taekvondo boʻyicha 55-Jahon chempionati hamda Jahon kubogi boʻlib oʻtdi. Unda 64 nafar oʻzbekistonlik sportchilarimiz ham ishtirok etib, katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi.

Jumladan, Laziz Hasanov boshchiligidagi terma jamoamiz Jahon kubogida 21 ta oltin, 15 ta kumush va 20 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida III oʻrinni egallashdi.

Jahon chempionatida esa qoʻyidagi natijalarga erishildi:

I OʻRIN - OLTIN MEDAL SOHIBLARI:

- Tul bahslari boʻyicha:

1. Li Vladimir - III DAN

2. Muzaffar Zoitov - IV DAN

II OʻRIN - KUMUSH MEDAL SOHIBLARI:

1. Nozima Gʻofurova - 16-17 yoshlar orasida 40 kg. vazn boʻyicha

2. Bohodir Xolbekov - massogi 73 kg. vazn boʻyicha

- JAMOAVIY TUL BOʻYICHA 14-17 YoSHLAR ORASIDA:

1. Kim Yevgeniy

2. Chetverikov Aleksandr

3. Pak Vladislav

4. Pak Vyacheslav

5. Li Vladimir

6. Day Lun

III OʻRIN BRONZA MEDAL SOHIBLARI:

- Tul bahslari boʻyicha:

1. Muhammadjon Xolmurodov 16-17 yoshlar orasida 63 kg. vazn boʻyicha

2. Aleksandr Chetverikov 14-15 yosh orasida 65 kg vazn boʻyicha

3. Xolbekov Bohodir IV DAN

4. Ziyodaxon Abdulhamidova II DAN

5. Kim Yevgeniy 16-17 yoshlar orasida II DAN

- JAMOAVIY MASSOGI 16-17 YoSHLAR ORASIDA:

1. Kim Yevgeniy

2. Pak Vladislav

3. Pak Vyacheslav

4. Firdavs Gʻaybullayev

5. Muhammadjon Xolbekov

6. Alibek Babayev

OʻzA