O‘zbek o`quvchilari xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbek o`quvchilari xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

BAAning Dubay shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) yakunlandi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning 59 mamlakatidan 280 nafar o‘smir ishtirok etgan ushbu olimpiadaning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Jumladan, Toshkent shahridagi 81-ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktabi o‘quvchilari Axror Bahodirov va Shaxzoda Hakimova, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov g‘alabaga erishdi.

Mazkur olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 2019 yilda bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bu g‘alaba esa barchani birdek quvontirdi.

F.Yahyoyev, O‘zA