O`zbekiston taekvondochilari Jahon chempionatida ilk medallarni qo‘lga kiritdi

O`zbekiston taekvondochilari Jahon chempionatida ilk medallarni qo‘lga kiritdi

E’tiborlisi, faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan yakkalik bahslarida hamyurtimiz Muzaffar Zoitov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, sportchilarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Nufuzli musobaqaning jamoaviy bahslarida 14-17 yoshli taekvondochilarimiz ham kumush medal egasiga aylandi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.

Bugun, 15 dekabr kuni taekvondochilarimiz yakkalik va jamoaviy massogi yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurashga kirishadi.